» » O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Italiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Italiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 24-avgust, dushanba kuni Italiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish vaqti bo‘yicha fikr almashdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni Italiya bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar aniq loyihalarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilgari erishilgan ustuvor vazifalar, xususan, 2019-yil may oyida Rimda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo ishchi guruhining 6-yig‘ilishi doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 25-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Termiz shahridagi “Veneto” savdo uyi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют