» » Superliga. Poytaxt derbisida xokkeycha hisob: “Paxtakor” “Lokomotiv” darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

Superliga. Poytaxt derbisida xokkeycha hisob: “Paxtakor” “Lokomotiv” darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliga 12-turida “Paxtakor” 24-avgust, dushanba kuni “Lokomotiv” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvda Shota Arveladze shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Igor Sergeyev dubl qayd etgan bo‘lsa, Dragan Cheran va Doston Hamdamov bir martadan “temiryo‘lchilar” darvozasini ishg‘ol qildi.

“Sherlar” ikkinchi bo‘limda ham to‘xtamadi va yana uch bor “Lokomotiv” darvozasi ishg‘ol etildi. Zaxiradan maydonga tushgan Eren Derdiyok ikkita gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov ham o‘yinni golsiz tark etmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 31 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘rinni mustahkamladi. “Lokomotiv” (12) esa 10-pog‘onada qoldi.

Parallel kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” va “Andijon” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Unda qo‘qonliklar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Coca-Cola Superliga

12-tur bahslari

24-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 11 Cheran, 2:0 – 11 Sergeyev, 3:0 – 28 Sergeyev, 4:0 – Hamdamov, 5:0 – 47 Derdiyok, 6:0 – 50 Masharipov, 7:0 – 63 Derdiyok

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Javohir Sidiqov, 46), Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 46), Yegor Krimets (Sherzod A’zamov, 46), Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirjonov, 68), Odil Hamrobekov (Abror Ismoilov, 62), Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov (Davron Umirov, 54), Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin (Ibrohim G‘anixonov, 68), Marat Bikmayev (Asadbek Ergashev, 35), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Kirill Pogrebnyak, 68), Javohir Alijonov (Avazbek O‘lmasaliyev, 54), Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.

Ogohlantirish: Krimets (4), Sidiqov (52), Umirov (77), O‘lmasaliyev (81).

Gollar:1:0 – 18 Yosovich, 1:1 – 63, penalti Hasanov, 2:1 – 90, penalti Xolmuhammedov.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Boburjon Akbarov, Suhrob Berdiyev, 14.Avazxon Mamatxo‘jayev (70.Murod Xolmuhammedov, 75), Oybek Rustamov, Hamidullo Abduhamidov (Shohnazar Norbekov, 57), Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov, 75), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevats (Quvondiq Ro‘ziyev, 46), Yakuba Bamba (Iqbol Malikjonov, 57).

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Baxtiyor Qosimov, Jamshid Hasanov, Emmanuel Arivachukvu, Artyom Litvyakov, Siroj Meliyev, Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov, Doniyor Abdumannopov.

Ogohlantirishlar: Meliyev (8), Ismonaliyev (30), Akbarov (33), Bamba (50).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют