» » Qozog‘istonda COVID-19 yoki pnevmoniyaga chalingan 776 nafar tibbiyot xodimiga bir martalik ijtimoiy to‘lov berildi

Qozog‘istonda COVID-19 yoki pnevmoniyaga chalingan 776 nafar tibbiyot xodimiga bir martalik ijtimoiy to‘lov berildi


COVID-19’ga qarshi kurashda ishtirok etgan 776 tibbiyot xodimiga koronavirus infeksiyasi yoki virusli pnevmoniyaga chalingani bois Davlat ijtimoiy sug‘urta fondidan bir martalik ijtimoiy to‘lovni oldi. Bu haqda Kazinform agentligi xabar qilgan.

“24-avgust 9:00 holatiga ko‘ra, Davlat ijtimoiy sug‘urta fondidan COVID-19 yoki virusli pnevmoniya bilan kasallangan 776 nafar tibbiyot xodimiga va kasallikdan vafot etgan 3 nafar tibbiyot xodimining oila a’zolariga tovon puli to‘langan.

Tibbiyot xodimlariga COVID-19 yoki virusli pnevmoniyaga chalinishi tufayli eng ko‘p tovon puli Olmaota (79), Aqmo‘la (79) viloyatlari, Olmaota (74) va Nur-Sulton (69) shahrida, shuningdek, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida (67) to‘landi”, – deyiladi xabarda.

2020-yil 9-aprel kuni Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri qo‘shma hujjatni imzolagandi. 22-iyuldagi “Amaliyot qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma buyruqqa kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, koronavirus infeksiyasi yoki virusli pnevmoniya bilan kasallangan tibbiyot xodimlariga - 2 million tenge (taxminan 4 751 AQSh dollari); COVID-19 koronavirus infeksiyasi va virusli pnevmoniyadan vafot etgan taqdirda ularning oilasiga 10 million tenge (taxminan 23 758 AQSh dollari) miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Avval Qozog‘istonda koronavirusga chalinib, undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatilgani, 2 million nafardan ziyod aholiga 42 500 tengedan yordam puli tarqatilgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют