» » Ronaldinyo uy qamog‘idan ozod qilindi

Ronaldinyo uy qamog‘idan ozod qilindi


“Barselona” va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo va uning akasi Paragvay sudi tomonidan ozod qilindi. Bu haqda ABC Color xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 24-avgust, dushanba kuni Paragvay sudi Ronaldinyo va uning akasi Robertoni ozodlikka chiqargan. Endilikda Ronaldinyo 90 ming AQSh dollari miqdoridagi jarima to‘lashi kerak bo‘ladi, shundan 60 ming dollar koronavirusga qarshi kurashga, qolgan 30 ming esa xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Ronaldinyoning akasi esa 200 ming jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Ushbu mablag‘ning barchasi Paragvay qamoqxonalarida pandemiyaga qarshi kurashish uchun sarflanadi. Shuningdek, Roberto har to‘rt oyda bir marta o‘z mamlakatining sud idoralariga hisobot berib turishi lozim. Ronaldinyo uchun esa bunda qatnashish majburiy emasligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida braziliyalik sobiq yulduz o‘z akasi bilan Paragvay hududiga soxta pasport bilan kirganligi uchun hibsga olingandi. Shundan keyin ular 32 kun davomida qamoqda saqlandi. Keyinchalik esa aka-uka Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida bo‘lib turdi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют