» » SSV Jizzaxda shifokorning kaltaklanishi yuzasidan munosabat bildirdi

SSV Jizzaxda shifokorning kaltaklanishi yuzasidan munosabat bildirdi


Jizzaxda uyiga tez yordam chaqirgan fuqaro shifokorni kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yilning 23-avgust kuni soat 12:06 da Jizzax viloyat Call-markaziga Zomin tumani “Oqtepa” MFY J.Sulaymonov ko‘chasida yashovchi fuqaro A.B.ga yaqinlari tomonidan chaqiriq bo‘lgan. Soat 12:10 da tez yordam brigadasi ushbu fuqaroning yashash xonadoniga yetib borgan.

Shifokor 1939-yil tug‘ilgan bemorni tekshiruvdan o‘tkazgach, bemorning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli shifoxonada statsionar sharoitda yotib davolanishi uchun olib ketish kerakligini aytgan.

Ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning yaqinlari bunga ruxsat bermagan. Shundan so‘ng tez yordam brigadasi tomonidan zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kerakli maslahatlar berilgan.

Shu kuni soat 13:42 da mazkur xonadondan yana qayta viloyat Call-markaziga chaqiriq bo‘lgan. Tuman tez yordam brigadasi soat 13:47 da bemorning yashash xonadoniga yetib borgan vaqtda bemorda biologik o‘lim yuz berganligi ma’lum bo‘lgan.

Tez yordam bo‘limi navbatchi feldsheri E.I. ushbu holat yuzasidan tushuntirish berayotgan vaqtida bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklangan.

Feldsher E.I. zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda u karaxt holda ko‘ngli aynib, qayd qilishi kuzatilgan. Bemor tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, shoshilinch xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga yopiq bosh miya chayqalishi, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimlarining lat yeyishi, teri osti gematomasi tashxisi qo‘yilgan.

Vazirlikning xabariga ko‘ra, ayni paytda bemorga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limga xabar berilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют