» » Jizzaxda avtobusning yuk mashinasiga urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda avtobusning yuk mashinasiga urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi


Jizzax viloyatida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni soat 14:32 da Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 Termiz—Toshkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvidagi Zhongtong Bus rusumli avtobus o‘zidan oldinda ketayotgan haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasining chap yon tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada Isuzu yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan, yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilgan. Yuk mashinasining ag‘darilishi oqibatida ushbu mashina haydovchisi, 41 yoshli X.A. va uning salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 17 yoshli A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют