» » O‘zbekistonda 25-avgust kuni 316 kishida koronavirus aniqlandi. Birinchi marta 1 kunda 8 kishi vafot etgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 25-avgust kuni 316 kishida koronavirus aniqlandi. Birinchi marta 1 kunda 8 kishi vafot etgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 24-avgust soat 23:30 dan 25-avgust soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 316 ta holat qayd etildi. Bu 8-iyuldan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 39664 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 316 kishining 206 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 110 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

SSV Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 73 yoshida vafot etgan O‘zbekiston xalq artistining vafotiga ham koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 25-avgustda 8 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Buncha ko‘p o‘lim ilgari hech ham qayd etilmagandi.

Birinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov aktrisaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Dilbar Ikromova COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgach, komaga tushib qolgan. U avvaliga Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolangan, ahvoli og‘irlashgach esa Akfa Medline klinikasiga olib o‘tilgan. 25-avgust kuni esa Dilbar Ikromova olamdan o‘tgan.

Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha xabar bermadi.

Oltinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. ismli ayol vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. ismli erkak vafot etgan.

Sakkizinchi o‘lim. Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 287 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 297 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti 53 yoshli Sanjar Jalolov, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu 10 holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3394 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

25-avgust kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 432 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 22-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39664 nafar bemordan 35983 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 90 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют