» » Pekinda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi

Pekinda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi


Xitoy poytaxti Pekin kasalxonasidan koronavirusga chalingan so‘nggi ikki bemor sog‘ayib chiqdi va shaharda COVID-19 bemorlari qolmadi. Bu haqda 26-avgust kuni Gigiyena va sog‘liqni saqlash bo‘yicha Pekin qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor Pekin kasalxonalarida COVID-19 qayd etilgan birorta bemor qolmadi.

Virus tarqalishi boshlanganidan buyon Pekinda jami 935 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 335 nafari iyun oyida “Sinfadi” ulgurji bozorida yuqtirib olgan. Ushbu bozorda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, aholi vakillarining shahar hududidan chiqishi taqiqlangan, bozorning o‘zi esa yopib qo‘yilgandi. Ushbu bozorda aniqlangan virus ilgari Uxanda aniqlangan virusdan ancha yuqumli bo‘lishi mumkin deb taxmin qilingan.

Ayni paytda shaharda kuchsiz epidemiologik nazorat o‘rnatilgan. Ko‘chalarda niqob taqish majburiy emas, ammo jamoat transporti, do‘kon, kinoteatr, davlat muassasasi va boshqa odam ko‘p joylarda niqob taqish shart.

Statistikaga ko‘ra, Xitoyda kasallanganlarning 94,13 foizi sog‘aygan. Koronavirus tarqalishi boshlangandan beri 85 mingga yaqin kishi koronavirusga chalingan. Mamlakatda 15-apreldan buyon hech kim koronavirusdan vafot etmagan. O‘lim ko‘rsatkichi 5,45 foiz bo‘lib turibdi (4,6 mingdan ortiq odam vafot etgan).

Eslatib o‘tamiz, 24-aprelda Uxanda ham kasalxonalarda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmaganini ma’lum qilgan, biroq oradan 2 hafta o‘tib, yana kasallanish holati qayd etilgandi. 5-iyunda esa Uxanda va Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan. Kasalxonadagi so‘nggi uch kishiga javob berilgan, koronavirusga chalingan boshqa bemorlar qolmagan.

Mavzuga doir: Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют