» » Namanganda avtomobil faralari ishlab chiqaradigan yana bir zavod ishga tushdi

Namanganda avtomobil faralari ishlab chiqaradigan yana bir zavod ishga tushdi


Namangan shahrida avtomobillar uchun yoritgichlar va polimer materiallardan tayyorlangan chiroqlar ishlab chiqaruvchi Kadeer Parts Industry xorijiy korxonasi ishga tushdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mazkur zavodni barpo etish uchun 4,7 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, yil yakuni bilan bu raqam 5 million dollarga yetkaziladi. Hozirga qadar bu yerda 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxonada 100 xil turdan ortiq yoritgich komponentlari, 20 turdan oshiq tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular to‘liq import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hisoblanadi.

“Zavodning yillik quvvati 100 milliard so‘m yoki 1 million dona komplektga teng. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning teng yarmi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi, — deydi korxona ta’sischisi, xitoylik investor Qodir Ro‘zi.

Ma’lumot uchun, Namanganda avtomobillar uchun yoritgich asboblari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir zavod — UzChasys qo‘shma korxonasi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda Changan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют