» » Xitoy chempionati. “Shanxay SIPG” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Xitoy chempionati. “Shanxay SIPG” yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 7-turida “Shanxay SIPG” 26-avgust, chorshanba kuni “Chunsin Lifan”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Marko Arnautovich shanxayliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Van Shenchao ikkinchi to‘pni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda Oskarning golidan keyin hisob yirik ko‘rinish oldi. Mazkur o‘yinda Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 87-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Shanxay SIPG” ochkolarini 17 taga yetkazib olgan holda 1-o‘rinda bormoqda.

Xitoy Superligasi

7-tur bahsi

26-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 18 Arnautovich, 2:0 – 20 Van Shenchao, 3:0 – 66 Oskar.

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Van Shenchao, Vey Chen, Yuy Juy, Fu Xuan, Arnautovich (Rikardo Lopes, 72), Oskar, Lyuy Venszyun (Lin Chuan’i, 71), Yan Shiyuan, Ahmedov (Say Xueykan, 89), Xalk.

“Chunsin Lifan”: Suy Veytsze, Szyan Je, Yan Shuay, Yuan Minchen, Lyu Le, Molanyaz Dilmurat (Alan Kardek, 65), Chen Sze, Fernandinyo, Fen Szin, Mejeyevski, Marselo Sirino (Marsinyo, 57).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют