» » Jorj Sen-Pyer: UFC’dagilar yengil vaznni zabt etishimni xohlamayapti

Jorj Sen-Pyer: UFC’dagilar yengil vaznni zabt etishimni xohlamayapti


Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Pyer promoushenning u va Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang tashkil qilishni xohlayotganiga shubha qilmoqda.

Jang qilish uchun uch tomon bo‘lishi kerak: ikki jangchi va tashkilot. Tashkilotning buni xohlayotganini aniq bilmayman.

Men yarim o‘rta va o‘rta vazn toifasida tengsiz ekanimni isbotlaganman. Menimcha, ular yengil vaznni ham zabt etishimni xohlamayapti. Yoshim esa allaqachon 39 da.

Jismoniy holatimga ziyon yetkazmasdan 155 funtga (taxminan, 63 kilogramm) tusha olmayman.

Jorj Sen-Pyer, sobiq UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov avvalroq Jastin Getjidan so‘ng Jorj Sen-Pyer bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Jorj Sen-Pyer 2019-yilning fevral oyida rasmiy ravishda MMA’dagi faoliyatini yakunlagan. Sen-Pyer umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 26 tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Habibning hisobida esa 28 ta jangda 28 ta g‘alaba bor.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют