» » Superliga. “Paxtakor” “Andijon”ga imkon qoldirmadi

Superliga. “Paxtakor” “Andijon”ga imkon qoldirmadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 13-turida “Paxtakor” 27-avgust, payshanba kuni “Andijon”ga qarshi o‘ynadi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Igor Sergeyev “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida toshkentliklar penalti ishlab oldi. Uni Dragan Cheran golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘lim Shota Arveladze shogirdlarining nazorati ostida o‘tdi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 34 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. “Andijon” (6) esa 13-pog‘onadan joy olgan.

Coca-Cola Superliga

13-tur bahsi

27-avgust, payshanba

Gollar: 0:1 – 19 Sergeyev, 0:2 – 42, penalti Cheran.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov (Xushnudbek Avilov, 22), Farhod Mirahmatov, Baxtiyorjon Qosimov, Farhodbek Bekmuratov, Emmanuel Arivachukvu, Siroj Meliyev (Abdullo Olimov, 88), Timur Usmonov, Muhammad Yo‘ldoshev, Doniyor Abdumannopov (Shahboz Jumaboyev, 46), Nodir Mavlonov (Qahramon Bahodirov, 63).

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov (Dostonbek Hamdamov, 66), Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 46), Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev, 74), Abror Ismoilov, Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev (Alisher Salimov, 46), Javohir Sidiqov (Asadbek Sobirjonov, 75).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют