» » Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayrami munosabati bilan koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayrami munosabati bilan koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini taqdirladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

“Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq, tibbiyot sohasi vakillari quyidagi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni

“El-yurt hurmati” ordeni

“Mehnat shuhrati” ordeni

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

“Do‘stlik” ordeni

I darajali “Salomatlik” ordeni

II darajali “Salomatlik” ordeni

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

“Sog‘lom turmush” medali

“Kelajak bunyodkori” medali

“Jasorat” medali

“Shuhrat” medali

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashdagi fidoyiligi uchun bir qator soha xodimlari iyul oyida mukofotlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют