» » TIV rahbari: “Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda”

TIV rahbari: “Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda”


Markaziy Osiyo mamlakatlari XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi besh tomonlama davlatlararo hujjatni birgalikda tayyorlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Yangi O‘zbekiston” gazetasida bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazir mintaqada hamkorlikning yangi formati — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvlari yaratilganligini eslatib o‘tgan. Xususan, 2019-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sammitda mintaqada yaqinlashish tendensiyasining “tarixiy sharoitda aniqlangan haqiqat” ko‘rsatilgan qo‘shma bayonot qabul qilingan.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tomonlar o‘rtasidagi muloqotga ko‘maklashib, Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol ishtirok etayotganini qayd etgan.

Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avgust oyiga Bishkekda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchinchi maslahatlashuv uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sabab kuzga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют