» » O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligi o‘zgarishsiz qoladigan bo‘ldi

O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligi o‘zgarishsiz qoladigan bo‘ldi


Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif qilinayotgan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov darslar 45 daqiqa davom etishi tarafdori ekanini aytgandi. Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova “O‘zbekiston 24” radiokanaliga bergan intervyusida darslar soni va davomiyligini qisqartirish masalalari ko‘rilmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Darslarni kamaytirish, dars soatlarini qisqartirish masalalari ko‘rilmayapti. Darslar davomiyligi 45 daqiqadan bo‘ladi. Hozir qilinayotgan yagona ish — farzandini maktabga yuborish-yubormaslik tanlovi ota-onaning o‘ziga berilyapti. Ota-onalar har kuni o‘z farzandining salomatligini tekshirib borishi kerak. Asosiy mas’uliyat ota-onalarning o‘zida qolgan. Ertalab bola yo‘talib qoldimi, hech narsa qilmaydi, boraver, demasdan, har kuni o‘zini qanday his qilayotganini so‘rab, isitmasini o‘lchab, nazorat qilishimiz kerak”, — degan u.

Mavzuga doir: Habibullo Oqilov o‘qish boshlansa, farzandini maktabga yuborishga xavfsirayotgan ota-onalarga tavsiya berdi

Vazirlik rasmiysining aytishicha, pandemiyaning tugash muddati mavhumligi maktablarni ochish qaroriga kelinishiga sabab bo‘lgan.

“Yangi o‘quv yili qanday boshlanishi bo‘yicha ko‘plab munozaralar bo‘ldi. Shu bois maktablarni ochish bo‘yicha bir qarorga kelishdan avval ota-onalar orasida so‘rovnoma o‘tkazdik. 70 foiz ota-ona farzandining salomatligidan xavotirda ekanligini va maktabga yubormasligini, 30 foizi maktabga yuborishga tayyorligini bildirgan. Respublikadagi 6 milliondan ortiq o‘quvchi kesimida ko‘rsak, taraflar 2 million va 4 millionga bo‘lindi. Shu bois taklif qilinayotgan uchta ssenariy — onlayn, an’anaviy va gibrid (aralash) ta’lim shaklidan uchinchi variantga to‘xtaldik. 14-sentabrdan boshlab barcha maktablar ochiladi, ota-onalar o‘zlari qaror qabul qilgan holda bolani maktabga yuboradi yoki yo‘q.

Hozir barcha maktablarda bu xususida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Hafta oxirigacha o‘tkaziladigan so‘rovnomada ota-onalar maktabga borib ishtirok etishlarini so‘rab qolardik.

Virus qachon chekinishini bilmaymiz. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya ikki yilgacha cho‘zilishi mumkinligini taxmin qilgan. Pandemiya bir oydan keyin butkul yo‘qoladi deganda balki kutgan bo‘lardik. Hozir yo‘qotiladigan har bir kun, oy farzandlarimiz kelajagi uchun bo‘shliq bo‘lib qolishi mumkin.

Albatta, virusdan birov kafolatlangan deb ayta olmaymiz. Lekin ota-onalarning ko‘pchiligi farzandlarini maktabga yuborishga tayyor.

Shuni ham qayd etish kerakki, karantin eng avjiga chiqqanda ham bolalar ko‘chalarda bir-biri bilan o‘ynab, muloqotda bo‘lganligini kuzatdik”, — deb ta’kidlagan Laylo Rustamova.

Axborot xizmati rahbari gibrid ssenariyga ko‘ra, onlayn ta’lim qanday shaklda kechishiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Onlayn dars deganda internet orqali dars o‘tish tushunilmaydi. Barcha darslar Milliy teleradiokompaniyaning har bir xonadonda mavjud telekanallari orqali efirga uzatiladi. An’anaviy maktabga qatnamagan bolalar telekanallar orqali darslarni kuzatishadi. O‘qituvchining vazifasi faqatgina o‘quvchining uy topshiriqlarini tekshirishdan iborat. Bu ham ‘kundalik.com’ platformasi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda teledarslarni tayyorlash uchun respublika bo‘yicha 200 nafar o‘qituvchi jalb qilingan”, — dedi XTV vakili.

Eslatib o‘tamiz, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yilini 14-sentabr — dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritilganini ma’lum qilgan edi. Maktablar faoliyati gibrid ssenariy asosida — an’anaviy va onlayn ta’lim shakli aralash holda tashkil etilishi kutilmoqda. Davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют