» » Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natiladi

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natiladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 2020-yilning 28-avgustidan boshlab “O‘zbekiston temiryo‘llari”ning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har haftada tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, hozirda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining aynan bir hudud, jumladan, temiryo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarli.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hududida bo‘lgan fuqarolardan poyezd stansiyalarida to‘planmaslikni, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishni va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘ragan.

Avvalroq Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют