» » Baxtiyor Ashurmatov: Hozir “Navbahor”ning holati yaxshi bo‘lmasligi mumkin, biroq har bir jamoa shunday muammoga yo‘liqdi

Baxtiyor Ashurmatov: Hozir “Navbahor”ning holati yaxshi bo‘lmasligi mumkin, biroq har bir jamoa shunday muammoga yo‘liqdi


“Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Navbahor” o‘zim ishlagan sobiq jamoam hisoblanadi. “Navbahor” muxlislari xafa bo‘lmasin, bu o‘yinda ikkita bir-biriga munosib jamoa to‘p tepdi. To‘g‘ri, hozir “Navbahor” oltinga teng ochkolarni yo‘qotdi. Lekin OKMK va biz bilan o‘yinlarda ular jangovar o‘yin namoyish etdi. Bu o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, “Navbahor” bunga qadar ikkinchi raqam ostida harakat qilib kelayotgan edi. Qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslik maqsadida biz ham uchrashuv boshidan ochiq futbol taklif qilmadik. Raqibni ikkinchi zonada kutib olishga harakat qildik. Shohnazar Norbekov yordamida hujumlarni tashkil qilish rejamiz edi. Bu juda ham prinsipial ahamiyatga bahs edi. G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev va boshqa futbolchilar tayyor bo‘lmasa-da jangovar futbol namoyish etmoqda. Bunday yigitlar bilan faxrlanaman, ularning har biri terma jamoada to‘p tepishga munosib.

To‘liq o‘ng qanot yangilanishi oldindan o‘ylangan reja edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, avvalgi o‘yinlarda ham ikkita o‘zgarish qilgandik. Murod Xolmuhammedov ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi, shu sababli qiynalmasligi uchun himoyada ham yordam bera oladigan Sardor Azimovni yoniga chiqardik. To‘g‘ri, Avaz Mamatxo‘jayev, Muhammadanas Hasanov yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. Sardor Azimovda raqibni aldab o‘tish, standart vaziyatlar ishlash xususiyati bor. Murod Xolmuhammedovni asosiy tarkibda tushirmoqchi edik. Birinchi bo‘limda raqib jamoa to‘la kuch bilan harakat qilgan paytda oxirigacha o‘ynay olmasligini bildik. Keyingi turlarda u kuchga to‘lgan holatda jamoamizga yordam beradi deb o‘ylayman.

Gapni ochig‘i menga ham murabbiy sifatida o‘zimizni maydonda o‘ynagan ma’qulroq edi. Lekin vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Uyimizda jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etadi. Oxirgi paytlarda safarda ko‘ngildagidek to‘p tepmayotgan edik. Hozir “Navbahor”ning holati yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Biroq har bir jamoa shunday muammoga yo‘liqdi. Kimdir kasal bo‘ldi, kimdir boshqa muammolar bilan kurashdi. Uchrashuvdan oldin Andrey Kanchelskis o‘yinni qoldirish borasida qo‘ng‘iroq qildi. Men bunga rozilik bergandim. Ammo boshida kelishib olingan edi. 4-5 nafar futbolchi kasallansa, ham o‘yinlar davom etishi haqida kelishgandik.

Mavsum boshida rahbarlar bilan gaplashganimizda jamoa so‘nggi yillarda faqat ligada qolish uchun kurashayotgani borasida fikr bildirildi. Jamoani jarlikdan olib chiqib ketish va xotirjamlikda chempionatni o‘tkazgan holda yuqori o‘rinlarga kurashish vazifasi qo‘yilgandi. Birinchi galda vazifamiz jamoani autsayderlar qatoridan olib chiqib ketish hamda raqobatbardosh jamoa tuzib bosqichma-bosqich shakllantirish edi. Vazifa ham hozirda jamg‘argan ochkolarimizga qarab o‘zgarishi mumkin.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi

“Qo‘qon-1912” ushbu g‘alabadan keyin 25 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Buxoro” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют