» » Urganchda 300 ming so‘m pora olgan SEOM rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urganchda 300 ming so‘m pora olgan SEOM rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Urganchda 300 ming so‘m pora olgan Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Urganch shahar SEOM rahbari Z.Q. qassobchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan kelgusida tekshirilmasligini ta’minlab berishni va’da qilgan. Evaziga firibgarlik yo‘li bilan 300 ming so‘m talab qilgan.

25-avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  3-qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyati SEOMda 159 million so‘mlik, Qashqadaryo viloyati SEOMda qariyb 918 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Navoiy viloyati SEOM mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi SEOMni ta’mirlash ishlarida 189,2 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan. Namangan viloyat SEOM mansabdor shaxslari esa 250 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan, shuningdek, mazkur SEOM iqtisodchisi 40 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют