» » “Arsenal” penaltilar seriyasida “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogiga ega chiqdi

“Arsenal” penaltilar seriyasida “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogiga ega chiqdi


“Arsenal” va “Liverpul” jamoalari 29-avgust, shanba kuni Angliya Superkubogida o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda boshlandi. 12-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, chiroyli golga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim “qizillar” faolligida boshlandi. Qator hujumlar 73-daqiqada o‘z samarasini berdi. Takumi Minamino jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. O‘yinning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Penaltilar seriyasida omad londonliklarga kulib boqdi. Shu tariqa Angliya Kubogining amaldagi sohibi “Arsenal” yangi mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.

Angliya Superligasi

29-avgust, shanba

Penaltilar seriyasi — 5:4

Gollar: 1:0 – 12 Obameyang, 1:1 – 73 Minamino.

“Arsenal”: Martines, Belyerin (Soaresh, 58), David Luiz, Tirni (Kolashinats, 83), Meytlend-Naylz, en-Nenni, Jaka, Saka (Uillok, 82), Holding, Obameyang, Nketia (Nelson, 82).

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Uilyams (Minamino, 59), Milner (Keyta, 59), Veynaldum (Bryuster, 90), Fabinyo, Mane, Saloh, Firmino (Jons, 83).

Ogohlantirish: Milner (57).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют