» » Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qildi

Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qildi


Latviya, Litva va Estoniya Tashqi ishlar vazirliklari “o‘z shaxsiy harakatlari bilan prezidentlik saylovi natijalarini soxtalashtirishni uyushtirgan va tinch namoyishlarni zo‘ravonlik bilan bostirishni qo‘llab-quvvatlagan” belaruslik mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Aleksandr Lukashenko boshchiligidagi 30 kishiga noma’lum muddatga persona non grata maqomi berilgan. Shuningdek, ro‘yxatga Belarus prezidenti apparati va ma’muriyati, mamlakat Markaziy saylov komissiyasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura, Tergov qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, Xavfsizlik kengashi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Latviya, Litva va Estoniya Yevropa Ittifoqini zudlik bilan belaruslik mansabdorlarga nisbatan xuddi shunday choralar qo‘llashga chaqirgan.

Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga persona non grata maqomini bergandi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragandi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Aleksandr Lukashenko 23-avgust kuni norozilik namoyishi ishtirokchilari qarshisida qo‘lida avtomat bilan paydo bo‘ldi. Zirhli nimcha kiyib olgan prezident vertolyotda Minskdagi norozilik namoyishlarini kuzatgandi. Keyinroq u o‘z xalqiga avtomatdan o‘q otmasligini aytdi.

Biroq 30-avgust kuni Minskda “Tinchlik va mustaqillik marshi” nomi ostida norozilik namoyishlari boshlandi. Uning ishtirokchilari mamlakat prezidentining qarorgohi joylashgan Mustaqillik maydoniga qadar kelgan. Bino “OMON” otryadlari va ichki qo‘shin bo‘linmalari bilan qurshab olingan. Shu kuni Lukashenko yana bir bor zirhli kiyim va qo‘lida avtomat bilan Mustaqillik saroyi qarshisida ko‘rinish bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют