» » Isroildan BAAga tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri tijoriy reys amalga oshirildi

Isroildan BAAga tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri tijoriy reys amalga oshirildi


Isroilning El-Al aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-900 samolyoti Tel-Avivdagi Ben-Gurion nomli aeroportdan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabiga to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Samolyot bortidan AQSh va Isroilning yuqori lavozimli rasmiylari o‘rin olgan. AQSh delegatsiyasi tarkibiga Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen va Trampning kuyovi Jared Kushner ham kirgan. Isroil delegatsiyasiga milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Meir Ben-Shabbat rahbarlik qilmoqda.

Bu reys Isroil va BAA o‘rtasidagi tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri tijoriy aviareys bo‘ldi.

Avvalroq ikki mamlakat rasmiyalari tinchlik kelishuviga erishgani haqida ma’lum qilgandi. Rasmiy kelishuv 2020-yilda AQShda imzolanadi. Shuningdek, BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi. BAA Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishgan kam sonli arab mamlakatlaridan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют