» » Andijonda xorijlik fuqaro mashinasini mast holda boshqargani uchun avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi

Andijonda xorijlik fuqaro mashinasini mast holda boshqargani uchun avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi


Andijon shahri ko‘chalarida avtomobilini mast holda boshqargan xorijlik fuqaroning mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 27-avgust kuni Andijon shahri ko‘chalarida tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reydda mashinasini mast holda boshqargan sakkiz nafar haydovchi aniqlangan.

Tadbir davomida, tungi soat 01:20 da viloyat IIB YHXB 1-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati inspektori, safdor Azizbek Soyibjonov tomonidan Xonda rusumli davlat raqami LV-907-VL bo‘lgan avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruv davomida avtotransport vositasi 1995-yilda tug‘ilgan, Moldova fuqarosi Preda Yura Yurivichga tegishli ekanligi, haydovchi avtomobilni mast holda boshqarib kelayotganligi aniqlangan. Moldovalik fuqaroning avtomashinasi tegishli tartibda vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast holatdagi haydovchi yo‘lni ta’mirlayotgan xodimni urib ketgani, jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют