» » O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar qanday identifikatsiya qilinadi?

O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar qanday identifikatsiya qilinadi?


“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 17-avgust, dushanba kuni Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar berilgan edi. Qonunning yangi tahririda ilgari bo‘lmagan odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va ularni qayta yo‘naltirish tushunchalari alohida bobda aks etgan. Norma.uz odam savdosidan jabr ko‘rganlarni identifikatsiyalashning ikki bosqichdan iborat tartibi haqida ma’lumot berdi.

Dastlabki identifikatsiya IIV, Bosh prokuratura, DXX, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur bosqichda shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ma’lumotlarni olishga, o‘rganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinadi. Muddat murojaat (xorijda bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari) kelib tushgan paytdan boshlab 5 sutkadan oshmasligi kerak.

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs vaqtinchalik boshpana, tibbiy, psixologik, huquqiy yordam va boshqa zarur yordamlarni olishga, shuningdek tarjimon xizmatlaridan bepul foydalanishga haqli. Unga jismoniy va psixologik jihatdan tiklanish hamda unga nisbatan sodir etilgan jinoyat munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun 30 sutkadan kam bo‘lmagan (murojaat etilgan paytdan boshlab) muddat beriladi.

Hududiy komissiyalar tomonidan yakuniy identifikatsiya zaruriy holatlar kollegial belgilanib, aniqlashtirilganidan keyin amalga oshiriladi. Natijalar bo‘yicha shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatlarga rioya etilishi lozim.

Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Voyaga yetmaganlar savdosiga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:

birinchidan, bunday jinoyatlar profilaktikasi davrida quyidagilarni amalga oshirish lozim:

bolalarni tarbiyalash borasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash;

g‘ayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam ko‘rsatish maqsadida aniqlash;

bolalar uylarining va tug‘ruq komplekslarining faoliyatini monitoring qilish;

ikkinchidan, identifikatsiya maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organining vakili hozirligida, ruhshunos albatta ishtirok etgan holda, voyaga yetmagan shaxsning jinsi, yoshi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Shaxsni jabrlangan deb tan olish, shu jumladan jabrlangan deb taxmin qilish to‘g‘risidagi qaror:

16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan – uning roziligidan qat’i nazar;

16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan – uning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi;

uchinchidan, voyaga yetmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan muassasalarga kattalardan ajratilgan holda joylashtirilishi, ularga ta’lim olish, oilasi yoki qarindoshlari bilan aloqa bog‘lash imkoniyati ta’minlanishi lozim. Voyaga yetmagan shaxslar qonuniy vakillarining homiyligisiz qolgan bo‘lsa yoki ularning turgan yeri to‘g‘risida xabardor qilinmagan bo‘lsa, ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni yoxud boshqa qarindoshlarini qidirish choralari ko‘riladi.

IIV tomonidan odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasi tashkil etiladi. Unga ishonchli manbalardan odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jabrlanganlar, shu jumladan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar haqidagi axborotlar (ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratib ko‘rsatiladi), shuningdek foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari to‘g‘risidagi va boshqa axborotlar kiritiladi.

Jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslar, ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar va qo‘llaniladigan xavfsizlik choralari haqidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor etilmaydi. OAV jabrlangan shaxsning roziligisiz uning shaxsini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlarni tarqatishga haqli emas. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud vasiylik va homiylik organlarining roziligi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan bo‘lib, u 2021-yilning 19-fevralidan kuchga kiradi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishi belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют