» » Navoiyda 10 yoshli bola YTH sabab halok bo‘ldi

Navoiyda 10 yoshli bola YTH sabab halok bo‘ldi


Navoiy viloyati Konimex tumanida yo‘lda uxlab qolgan Nexia avtomobili haydovchisi YTH sodir etdi. Oqibatda 10 yoshli bola qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 1-sentabr kuni soat 12:18 larda, Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 Navoiy–Zarafshon–Uchqududuq avtomobil yo‘lining 85-86 kilometrlar oralig‘ida, Zarafshon–Navoiy yo‘nalishida, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Y.B. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, charchoq oqibatida uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2010-yilda tug‘ilgan G.N. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarib o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Sizning qoidabuzarligingiz kimningdir o‘limiga yoki butun umr nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin”, – deyiladi YHXBB xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют