» » Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga 33 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga 33 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi


Buxoro viloyatida noqonuniy ovlangan 79 dona baliq “Buxoro go‘sht sut savdo” MChJga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Peshku tumanidagi Qoraqir tabiiy suv havzasida tezkor reyd o‘tkazilgan. Reyd davomida mazkur havzaning ikkinchi konturida shu tumanda yashovchi fuqaro T.B. noqonuniy baliq ovlayotgani ma’lum bo‘lgan hamda inspeksiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

“Fuqaro T.B.dan 54 dona laqqa, 23 dona zog‘ora va 2 dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori, jami 79 dona baliq ashyoviy dalil sifatida musodara qilib olindi hamda “Buxoro go‘sht sut savdo” MChJning muzlatkichiga topshirildi, — deydi viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Jahongir Navro‘zov. — Shuningdek, fuqarodan 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator batareyasi, 1 dona qo‘lbola kuchli yorituvchi chiroq ham tegishli tartibda rasmiylashtirib, olib qo‘yildi”.

Aniqlik kiritilishicha, fuqaro ushbu harakati bilan tabiatga 32 million 335 ming so‘m zarar yetkazgan. Ish yuzasidan yig‘ilgan hujjatlar Buxoro viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют