» » Namanganda sodir bo‘lgan YTHda ota va uning 3 yoshli qizi halok bo‘ldi (foto+video)

Namanganda sodir bo‘lgan YTHda ota va uning 3 yoshli qizi halok bo‘ldi (foto+video)


Namangan viloyati Chust tumanida BMW’da ketayotgan ota va qiz YTHga uchrab, halok bo‘ldi, deb xabar berdi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 3-sentabr kuni soat 10:00 da haydovchi 39 yoshli B.U. boshqaruvida bo‘lgan BMW avtomashinasida Chust tumani Varzik–Qoraqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘ylab Varzik yo‘nalishining 1-kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi, ya’ni 33 yoshli M.U. va uning voyaga yetmagan qizi 3 yoshli R.U. hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTH sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют