» » AQSh O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi

AQSh O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirokida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida taqdim etilgan 200 ta zamonaviy sun’iy nafas berish apparatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 2 mingdan oshiq sun’iy nafas berish apparati mavjud. Umumiy qiymati qariyb 2,6 million dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparati esa AQSh tomonidan avvalroq yetkazib berilgan 6 million dollardan ortiq ko‘magining davomi bo‘ldi.

“O‘zbekiston ko‘p yillardan beri AQSh, jumladan, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa, tibbiy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, birlamchi tibbiyot va davolash muassasalari faoliyatini yaxshilash yo‘nalishlaridagi hamkorlik o‘z samarasini bermoqda.

Mutaxassislarimiz AQShning yetakchi klinikalarida amaliyot o‘tab kelishmoqda. Birgina 2019-yilda 14 nafar mutaxassis malaka oshirib qaytdi. Michigan, Sent-Luis, Shimoliy Karolina universitetlari professor va olimlari doimiy tarzda yurtimizga kelib, tajriba almashishmoqda.

Taqdim etilgan apparatlarning afzalligi foydalanish uchun sodda, ko‘p funksiyali hamda bemorlarni turli transport vositalarida tashish jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin ekanligidir. Ushbu insonparvarlik yordami O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida koronavirus pandemiyasini yengish borasida olib borilayotgan hamkorlik aloqalarining mantiqiy davomi bo‘ldi”, – dedi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Qayd etilishicha, taqdim etilgan sun’iy nafas berish apparatlari O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasi, hatto mintaqaviy iqlimni ham hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.

Xususiyatlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar statsionar davolanishda intensiv terapiya uchun ham, aerotibbiy transportda yoki tez yordam mashinalarida bemorni tashish paytida ham qo‘llaniladi.

“COVID-19 sharoitida barcha mamlakatlar global hamjamiyat sifatida harakat qilishi lozim. Bu chegara bilmas virus barchamizga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu bois mamlakatimiz unga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan vositalar hamda texnik ko‘mak taqdim etish orqali O‘zbekiston va boshqa davlatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerika xususiy sektori bilan hamkorlikda yetkazib berilgan bu sun’iy nafas berish uskunalari O‘zbekistonda og‘ir kasallarni davolash imkoniyatini yanada mustahkamlaydi”, – dedi AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum.

Ta’kidlanishicha, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bu uskunalarni mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalariga yetkazib berish, tashish va joylashtirishni rejalashtirishda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlardagi sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan ish olib bormoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют