» » O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiluvchi texnologiya yaratilgani aytilmoqda. U sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan

O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiluvchi texnologiya yaratilgani aytilmoqda. U sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan


“Xabar.uz” nashrining yozishicha, O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, havoni mikrob, bakteriya, viruslar va boshqa ifloslanishlardan tozalashi ta’kidlanayotgan ushbu texnologiya dastlabki sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu xabarning qanchalik haqiqatligiga oydinlik kiritish maqsadida nashr soha mutaxassislarining fikri bilan qiziqdi.

Chilonzor tuman Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi rahbari Gulnoza Mirzayevaning aytishicha, pandemiya boshlangandan buyon koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tashkilot tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

“2020-yilning aprel oyida muhandislarimiz havodagi mikrob va bakteriyalarni yo‘qotuvchi yangi innovatsion texnologiyani yaratishdi. Ilk tajribalar o‘tkazilib, texnologiya takomillashtirildi. May oyidan boshlab intensiv sinovlar, jumladan, bakteritsid lampa, ozonator, ultrabinafsha va kvartslarga nisbatan ham solishtiruv va imkoniyatlari tekshirildi. Texnologiya unumdorligi yuqori bo‘lgani, vaqt ziqligi, virusning borgan sari ko‘payishi sabab shahar virusologiya laboratoriyasida koronavirusga qarshi sinab ko‘rishga qaror qildik.

Sinovlar aynan havodagi koronavirusni yo‘q qilishga mo‘ljallangan edi. Natijalarga ko‘ra, muhandislarimiz tomonidan yaratilgan texnologiya nafaqat havodagi, balki laboratoriya yuzidagi bakteriya, mikroblar va koronavirusni ham butkul yo‘qotdi”, — deydi u.

“Koronavirus nafaqat havoda muallaq bir paytgacha, balki xonaning barcha qismi, yuzalarida ham saqlanib qolishiga amin bo‘ldik. Shundan so‘ng 30 daqiqaga yangi texnologiyani ishga tushirib, qayta sinovlarni o‘tkazdik. Boks ichidan tashqari, barcha joylardagi koronavirus bartaraf etilganining guvohi bo‘ldik”, — deydi, Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi, virusologiya laboratoriyasi mudirasi Dono Muhamedova.

Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayevaning ta’kidlashicha, hozircha yaratilgan texnologiyaning chet elda analogi yo‘q. Lekin Yevropa, AQSh, Rossiya mamlakatlari mutaxassislari ham koronavirusni havo va havo tomchilari orqali tarqalishining oldini olish maqsadida shunga o‘xshash texnologiyalar ustida ish olib borishmoqda.

“Sinovlar jarayonida chet el farmatsevtika sanoati tashkilotlari tomonidan texnologiyani sotib olish takliflari ham tushgan edi. Rad etdik, sababi, avvalambor, mazkur texnologiya yurtimiz, xalqimiz uchun xizmat qilishi lozim. Ichki talablar qondirilgach, chet elga realizatsiya masalalari ko‘rib chiqiladi”, — deydi Malika Qudratxo‘jayeva.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, tez kunlarda sinovlar nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng tibbiyot muassasalari, dorixona, maktab, oshxonalar, to‘yxona kabi aholi gavjum joylarda qo‘llanilishi uchun tavsiyalar beriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют