» » Vivo orqa panelining rangi o‘zgaradigan smartfon yaratish ustida ish olib bormoqda (video)

Vivo orqa panelining rangi o‘zgaradigan smartfon yaratish ustida ish olib bormoqda (video)


Xitoyning Vivo kompaniyasi orqa yuzasi o‘z rangini o‘zgartira oladigan smartfon yaratish ustida ish boshlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi XDA-developers.

Smartfon rangi tugma bosilganida o‘zgaradi.

Kompaniya tomonidan e’lon qilingan videoda yangi funksiyali smartfonning qaysi modeli ega bo‘lishi aniq aytilmagan, biroq kamera bloki Vivo X50 Pro’nikiga o‘xshab ketadi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi bu kabi smartfonlar qachon taqdim etilishiga ham oydinlik kiritmagan.

Effektga erishish uchun videoda elektroxrom shishadan foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun boshlarida Vivo kompaniyasi X50, X50 Pro va X50 Pro+ modellari o‘rin olgan X50 smartfonlar lineykasini taqdim etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют