» » Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi

Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi


Oddiy uy bekalaridan tortib moda ixlosmandlari va tanqidchilar tomonidan ham e’tirofga sazovor bo‘lgan, qimmat libos sotib olishga qurbi yetmaganlarga andoza asosida o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos libos tikish imkonini bergan “Burda” jurnalining mashhur bo‘lishida germaniyalik Enni Burdaning roli katta va uning hayotida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq. “Domashniy Ochag” jurnali millionlab ayollarga ilhom bergan, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘rnak bo‘la oladigan ayol haqida hikoya qiladi.

“Onamdek bo‘lmayman”

1909-yilda dunyoga kelgan Enne Magdalena Lemmingerning onasi bosiq, oilasi, farzandlari va eri uchun o‘zini bag‘ishlab, o‘z xohish va istaklari haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmaydigan ayol bo‘lgan. Enneni yoshligidan bir savol qiynagan — inson qanday qilib bunchalik o‘zini qurbon qilishi mumkin?

Namunali ona va rafiqa

Katta hayotga qadam qo‘yayotgan bir vaqtda Enne qanchalik istamasin hayoti onasinikiga o‘xshab ketgan, zamonasidagi ayollar singari boshqa tanlovi bo‘lmagan. Monastirlik maktabi, tijorat kursini tamomlagan Enne mahalliy elekrostansiyada hisobchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Kunlardan bir kuni elektrenergiyaga to‘lov qilish uchun, kichikroq bosmaxona egasi, kelishgan Frans Burda kirib keladi. Tarbiyali, yoqimli qiz Fransning yuragidan uradi, u ham o‘z navbatida qizda qiziqish uyg‘otadi va taqdir uchrashtirgan juftlik 1931-yilda munosabatlarini nikoh bilan bog‘laydi. Namunali rafiqa va uch bolaning onasi bo‘lgan Enne 20 yillik umrini uy-yumushlari va oshxonadan chiqmaslikka bag‘ishlaydi. Tashqaridan qaraganda hammasi mukammaldek—unda hammada bo‘lishi kerak bo‘lgan uy, er va farzandlar bo‘lgan, lekin u yoshligi, mehr-muhabbati va umrini bag‘ishlagan turmush o‘rtog‘i Frans tomonidan qadrlanmaydi— eri unga xiyonat qiladi. Frans kotibasiga ilakishib qolgan, ularning nikohsiz tug‘ilgan farzandi ham bor edi.

Enne hammasiga nuqta qo‘yganida Frans uni yoqtirib qolgan vaqtdagidek yosh va go‘zal bo‘lmagan. 40 yoshda hayotning yangi sahifasini ochish oson bo‘lmaydi. Lekin u o‘zini qo‘lga oladi. Birinchi bo‘lib ishni yaxshi advokat yollashdan boshlaydi va eri sevgilisiga sovg‘a qilib yuborgan jurnal va bosmaxonani tortib oladi. Jurnal hech qanday daromad olib kelmayotganiga qaramay, Enne uni turmush o‘rtog‘i undan kechib tanlagan ayolda qoldirishni istamagan.

Mustaqil va muvaffaqiyatli

Sevgan insoni tomonidan qadrsizlanish va xiyonat Ennega qattiq ta’sir qilgan va u hayoti o‘zi bir vaqtlar istamagan onasining hayoti singari zerikarli va ma’nisiz o‘tayotganini tushunib yetgan. Shundan keyin tikishni bilmasligi va jurnal nashri bilan shug‘ullanib ham ko‘rmaganiga qaramay, muvaffaqiyatga mustaqil ravishda erishishga va ayollarning chiroyli ko‘rinishiga yordam berishga ahd qiladi.

Ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan Enne tikuvchilarni o‘zi izlab topib, ularning qanday ishlayotganini nazorat qilib turgan. Fotograflarni yollab, jurnal uchun eng yaxshi model va eng sifatli kadrlarni tanlagan. Jurnal dizaynidan tortib, kutyurlik va nashr faoliyatini ham yaxshilab o‘rgangan.

Urushdan keyin Germaniya ayollariga bergan yordami

Ayolning harakatlari bejiz ketmagan. 1950-yilda chiqarilgan “Burda moden” jurnalining yangi soni bir zumda xarid qilingan. Urush tafti hali ketib ulgurmagan Germaniya ayollari uchun mazkur jurnal ayni muddao bo‘lgan: endilikda ular ortiqcha xarajatsiz, sifatli andoza va didni uyg‘unlashtirib ham chiroyli kiyinishi mumkin edi.

Urushdan keyin boshqa davlatlar qatori Germaniyaga ham oson bo‘lmagan, siyosiy va hokimiyatdagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish oqsagan, do‘kon peshtaxtalari bo‘shagan bir vaqtda salbiy jarayon va qiyinchiliklardan azob chekkan insonlar qalbi go‘zallik istagan. Enne esa mazkur vaziyat jilovini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan, jurnal adadi ikki yil ichida 100 mingdan 500 mingga ko‘tariladi, uning har bir soni chaqmoq tezligida sotilib ketadi.

Erini kechiradi, lekin endi bu muhim emasdi

Muvaffaqiyatga erishgan Enne endi o‘zini aldangan baxtsiz ayoldek emas, omadli biznesvumen, ayollar hayotiga yangi rang bera olgan tadbirkor sifatida his qila boshlaydi. U erini kechirib, eriga jazmani farzandi bilan shahardan chiqib ketish shart bilangina oilasida qolishga ruxsat beradi. Lekin endi hammasi avvalgidek emas, u farzandlari uchungina oilasini saqlab qolgandi. U boshini ishdan ko‘tarmay, dam olish kuni nimaligini bilmay ishlagan, agar o‘zinikiga o‘xshagan raqobatchi jurnal paydo bo‘lsa, ularni bitta qoldirmay sotib olgan. Jurnal SSSRga qayta qurish davrida 1987-yilda kirib kelgan. Bu vaqtga kelib “Burda” endi nafaqat puli yo‘qligidan andoza asosida ko‘ylak tikishni istaganlar uchun balki, ijodiy elita uchun ham sevimli nashrga aylangan. Jurnal ayollarga o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos bichimli liboslarni tikish imkonini bergan.

Baxtiyor keksalik

Enne Burda 90-yillarga qadar jurnalning bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Keyinroq esa o‘zining dam olishi kerakligini tushunib yetgan va sayohat qilishni boshlagan. Tashrif buyurgan mamlakatlarida uni qirolicha singari kutib olishgan, uning kiyinish uslubi barchani lol qoldirgan. 96 yoshida hayotdan ko‘z yumgan Ennening umr yo‘li boshqa ayollarga hayot zarbalarida sinmasdan, o‘zini qo‘lga olgan holda ko‘p narsaga erisha olishi va eng sara narsalarga arzishini anglashi uchun o‘rnak bo‘la oladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют