» » Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi


O‘zbekiston U-19 terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida 6-sentabr, yakshanba kuni Tojikiston yoshlariga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tojikistonliklar safida Abdulmo‘min Zabirov, Salam Ashurmamadov, Rustam Soirov va Sunatullo Ismoilov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zbekistonliklarning yagona goliga Ulug‘bek Hoshimov muallif bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur terma jamoalar o‘rtasida 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk bahsda O‘zbekiston 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

6-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 33, penalti Abdulmo‘min Zabirov, 2:0 – 40 Salam Ashurmamadov, 3:0 – 83 Rustam Soirov, 3:1 – 87 Ulug‘bek Hoshimov, 4:1 – 90+1 Sunatullo Ismoilov.

Tojikiston U-19: Muhriddin Hasanov, Alijon Karomatullozoda, Manuchehr Safarov, Muhammad Salomzoda, Abdulmo‘min Zabirov, Nidoyor Zabirov, Rustam Soirov, Islom Zairov, Shuhrat Elmurodov, Isroil Xolov, Salam Ashurmamadov.

O‘zbekiston U-19: Izzatilla Tursunov, Shohjahon Sultonmurodov, Murod Xo‘jamberdiyev, Muhammadqodir Rahimberganov, Bektemir Abdumannonov, Bekzod Shamsiyev, Humoyun Sherbotayev, Asadbek Azimjonov, Muzaffar Olimjonov, Jaloliddin Sodiqov, Ulug‘bek Aknazarov.

Zaxira: Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Ulug‘bek Hoshimov, Davron Anvarov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ruslan Roziyev, Husayin Norchayev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo‘riyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют