» » BMW yapon naqshlari bilan bezatilgan 8-Series’ning maxsus versiyasini yaratdi (foto)

BMW yapon naqshlari bilan bezatilgan 8-Series’ning maxsus versiyasini yaratdi (foto)


BMW kompaniyasi interyeri yapon naqshlari bilan qo‘lda bezatilgan 8-Series Gran Coupe maxsus versiyasini yaratdi. Odatdagi sedanlardan o‘ziga xos salon qismi, qora-ko‘k rangli kuzovi bilan ajralib turuvchi mazkur “sakkizlik”dan uch nusxa ishlab chiqarilgan, deb xabar beradi Motor.

BMW 8-Series Gran Coupe Kyoto Edition’ni tashqi tomondan markaziy ustunidagi BMW Individual Manufaktur o‘yma naqshlaridan va 20 dyuymli xromlangan diskalaridan ajratib olish mumkin. Sedanning asosiy dizaynerlik yangiligi — ichida.

Mavzuga doir: BMW o‘z avtomobillarining ayrim funksiyalari uchun obunani sotadi

Markaziy konsol old va orqa tomondan yaponiyalik rassom Shixo Okada tomonidan qo‘lga bezatilgan. Naqsh “Yugurish san’ati”ning ramzini ifodalaydi. Ta’kidlanishicha, Kioto uslubida idish-tovoqlarga naqsh chizish texnologiyasi eramizdan oldin paydo bo‘lgan, bundan 1,5 ming yil oldin esa aristokratlar orasida laklangan mahsulotlar ommalashgan. An’anaviy yapon madaniyati naqshlari va BMW texnologiyasining uyg‘unligi — “yangi hashamat”ni paydo qilgan.

BMW 8-Series Gran Coupe Kyoto Edition saloning boshqa o‘ziga xos jihatlari — ikki xil rangli charm bilan qoplangan o‘rindiqlar, ikkitalik panorama tom va shoyidan ishlangan yostiqlar.

Mavzuga doir: Video: 26 yillik BMW kabrioletini ideal holatga keltirish jarayoni

Kyoto Edition modeli texnik jihatdan M850i xDrive Gran Coupe’dan farq qilmaydi: kapot ostidan 530 ot kuchiga ega 4,4 litrli benzin biturbosakkizlik o‘rin olgan bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

BMW’ning Yaponiyadagi rasmiy saytida maxsus versiyani 21,5 million iyenaga (202 ming dollar) xarid qilish mumkin. Taqqoslash uchun, oddiy BMW M850i Xdrive Gran Coupe Yaponiyada 17,23 million iyena (162 ming dollar) turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют