» » Rossiyadan yana 940 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi poyezdda Toshkentga olib kelinadi

Rossiyadan yana 940 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi poyezdda Toshkentga olib kelinadi


O‘zbekistonning yana 940 ga yaqin fuqarosi Rostov-Dondan poyezdda Toshkentga keltiriladi. Yaqin orada yana 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni vatanga jo‘natish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bosh konsuli Rustam Kurganbayevga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

“7-sentabrda poyezd keladi. Bu yurtdoshlarni olib chiqish uchun kelgan uchinchi poyezddir. 8-sentabrda u soat 13:00 da Toshkentga jo‘naydi. 940 ga yaqin yurtdoshlarni jo‘natishni rejalashtirganmiz”, — deya ma’lum qilgan Kurganbayev.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga qaytayotganlar Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglariga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga kelgan mehnat migrantlaridir. Avvalgi yillarda o‘zbekistonliklar mavsumiy ishlar yakunlangach, Rossiyani avtobus yoki mashinalarda tark etishgan, biroq pandemiya ortida kiritilgan cheklovlar tufayli joriy yilda buning iloji bo‘lmagan.

“Yurtdoshlarni kelishuvga erishilishi va ruxsat olinishiga qarab jo‘natishni rejalashtirmoqdamiz. Vatanga qaytishni istovchilar ko‘p. Hozirda ro‘yxatda qaytishni kutayotgan 3 ming kishi bor”, — deb ta’kidlab o‘tgan bosh konsul. Uning aytishicha, O‘zbekistonga 6 ta aviareys va 2 ta poyezd jo‘natilgan.

“Biz bu jarayonni Rostov rahbariyati, ichki ishlar vazirligi, transport politsiyasi, Shimoliy Kavkaz temiryo‘li bilan tashkillashtirmoqdamiz. Barchasi kelishilgan. Hammasi nazoratimiz ostida”, — deya qo‘shimcha qilgan Kurganbayev.

Avval ham Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l reysi tashkil qilingan. 10-avgust kuni Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Rossiya bilan aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют