» » Tramp Xitoyda ish o‘rni yaratgan Amerika kompaniyalarini jazolash bilan tahdid qildi

Tramp Xitoyda ish o‘rni yaratgan Amerika kompaniyalarini jazolash bilan tahdid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda ish o‘rni yaratadigan kompaniyalarning davlat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deb xabar beradi Bloomberg.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning vazifasi AQShda yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, hayot uchun muhim bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishdan iborat. “Xitoy va boshqa mamlakatlarda ish o‘rni yaratib, bizga xiyonat qilgan kompaniyalarni bojlar bilan ko‘mib tashlaymiz”, — deydi Amerika yetakchisi.

“Agarda ular shu yerda ishlab chiqarishni amalga oshira olmasa, u holda katta soliq to‘lasin va bizga o‘tkazsin. Va biz ishlab chiqarishni Xitoyga olib chiqib ketayotgan kompaniyalarga davlat shartnomalari berilishini taqiqlab qo‘yamiz. Biz Xitoyni koronavirusni butun dunyoga tarqalishiga yo‘l qo‘ygani uchun javob berishga majbur qilamiz. Ular o‘z armiyasini bizning pullar evaziga kuchaytirmoqda, men esa buni xohlamayman”, — deya qo‘shimcha qiladi Tramp.

Amerika yetakchisi, shuningdek, Xitoy mavzusini noyabrda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlaridagi raqibi Jo Bayden bilan ham bog‘lagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Demokratlar partiyasi nomzodining g‘alabasi Xitoyning g‘alabasini bildiradi. “Ular bizning mamlakatga egalik qiladi. Men g‘olib bo‘lsam esa, Amerika Xitoyga bog‘liqlikka butunlay barham bergan ishlab chiqaruvchi superderjavaga ayalanadi”, — deya va’da beradi Tramp.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga COVID-19 tarqalishini surishtirish uchun mutaxassislar yubormoqchi ekanini bildirgandi. Shuningdek, AQSh Xitoydan koronavirusning kelib chiqish sabablari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. AQSh davlat kotibining fikricha, Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgan, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmagan. Kreml esa bunga qarshi chiqib, Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют