» » Superliga. “Paxtakor” Bekobodda yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. “Paxtakor” Bekobodda yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turida “Paxtakor” 8-sentabr, seshanba kuni “Metallurg” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Javohir Sidiqovning qanotdan uzatgan to‘pini Dragan Cheran darvozaga joylagan holda hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “sherlar” ikkinchi golni urdi: Eren Derdiyokning uzatmasidan keyin Sidiqov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida hisob yirik ko‘rinish oldi: “Paxtakor”ning tezkor qarshi hujumidan keyin Asadbek Sobirjonov mavsumdagi ilk golini urgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 41 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda. “Metallurg” (22) esa 6-o‘rinni band etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab mazkur o‘yin muddatidan avval o‘tkazildi.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

8-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 – 21 Cheran, 0:2 – 45+3 Sidiqov, 0:3 – 90+2 Sobirjonov.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (To‘lqin Ergashev, 73), Salamat Qutiboyev (Zohid Abdullayev, 73), Shahzod Ubaydullayev (Murodbek Bobojonov, 53), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Abror Toshqo‘ziyev, 53), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Davron Anvarov (Xudoyshukur Sattorov, 64), Yevgeniy Chumak.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Alisher Salimov, 68), Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Dragan Cheran (Asadbek Sobirjonov, 46), Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 76), Abrorbek Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev (Sadriddin Abdullayev, 68), Eren Derdiyok, Javohir Siddiqov.

Ogohlantirishlar: Abdulhaqov (31), Alijonov (40), Otaxonov (45+1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют