» » Qo‘qonda 2,4 mln so‘mlik Artel televizorini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin

Qo‘qonda 2,4 mln so‘mlik Artel televizorini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 2-sentabr kuni noma’lum shaxs fuqaro T.J.ning uyiga o‘g‘rilikka tushib, u yerdan Artel televizorini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida 2-sentabr kuni fuqaro T.J. IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 00:10 dan 03:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida bo‘lgan narxi 2,4 million so‘mlik Artel rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.I. sodir etganligi aniqlangan. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning may oyida quyiсhirchiqlik ayolning uyiga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 2,5 million so‘mni o‘g‘irlab, ayolning Artel televizorini sindirib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют