» » Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollar yo‘qotdi


SpaceX kosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask bir kunda 16,5 milliard dollar yo‘qotib, dunyoning eng badavlat insonlari qatorida 8-o‘ringa tushib ketdi. Bu haqda milliarderlarning boyligini real vaqtda kuzatib borayotgan Forbes Real-Time reytingidagi ma’lumotlarda keltirilgan.

8-sentabr kuni elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla aksiyalari narxi keskin tushib ketgan. Tushib ketgan narxlarning eng yuqori nuqtasi 19,68 foizni tashkil etgan bo‘lsa, qog‘ozlar narxi 335,99 dollarga qadar tushgan. Bu kompaniyaning S&P 500 indeksidan joy ololmagani sabab sodir bo‘lgan. S&P Dow Jones Indices qo‘mitasi 5-sentabr kuni Tesla aksiyalarini sababsiz S&P 500’ga kiritishdan bosh tortgan. Bu kabi qaror avtomobil ishlab chiqaruvchi indeksdan joy olish uchun barcha talablarni bajarganiga qaramay qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 10-iyul kuni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 7-o‘ringa, 20-iyul kuni 5-o‘ringa, 17-avgust kuni esa 4-o‘ringa, 1-sentabr kuni esa Sukerbergni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari uchligidan joy olgandi.

Endilikda reytingda Maskdan yuqorida Oracle asoschisi Larri Ellison, hindistonlik biznesmen Mukesh Ambani, Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffett, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, Microsoft asoschisi Bill Geyts, LVMH bosh direktori Bernar Arno va Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos turibdi.

49 yoshli Mask Tesla aksiyalarining beshdan bir qismiga egalik qiladi. Elektromobil ishlab chiqaruvchining aksiyalari yil davomida 200 foizdan ortiqroqqa o‘sgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют