» » Britaniyalik ayol 18 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng 48 yoshida ona bo‘ldi

Britaniyalik ayol 18 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng 48 yoshida ona bo‘ldi


Britaniyada yashovchi Luiz Uornford 18 marta abortni boshdan kechirdi, ko‘p yillar davomida sun’iy urug‘lantirish jarayonini o‘tkazdi va natijada 48 yoshida ona bo‘ldi. U o‘zining hikoyasini “Farzand orzusi” hujjatli kitobida aytib berdi, deb yozadi Yahoo Style UK.

1999-yil turmushga chiqqan Luiz bir necha oydan so‘ng farzand ko‘rishga qaror qilgan, ammo darhol muammoga duch kelgan. Juftlik sun’iy urug‘lantirish masalasi bo‘yicha mutaxassisga murojaat qilganidan so‘ng uning tavsiyalariga amal qilib, uch oyda homilador bo‘lgan. Lekin homiladorlikning o‘n ikkinchi haftasida ultartovush tekshiruvi bolaning nobud bo‘lganini ma’lum qilgan.

Oradan 6 oy o‘tib, Luiz yana homiladorligini aniqlagan. Bu safar bola tushishi u shifokor ko‘rigiga borayotganida ro‘y bergan. Yana bir muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng Luiz ko‘p marta farzandi tushib qolgan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan kasalxonaga yuborilgan. U qancha tekshiruvlardan o‘tmasin, bola nobud bo‘lishining sababi topilmagan.

Uzoq vaqt mobaynida Luiz sun’iy urug‘lantirish bilan homilador bo‘lar va bolani dunyoga keltirishga bo‘lgan barcha harakatlar uning tushib qolishi bilan tugar edi. Oradan 16 yil o‘tib, uning taqdiriga ona bo‘lish yozilmaganiga amin bo‘ldi.

Ammo u mutaxassis Xassan Shexataning kitobi bilan tanishgandan so‘ng fikri yana o‘zgardi. Unga ko‘ra homila tushishiga sabab DNK hujayralari ekanligi ta’kidlangan edi. Luiz Shexataga murojaat qildi va uning nazorati ostida yana sun’iy urug‘lantirish amaliyoti o‘tkazildi.

Bu safar hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. 48 yoshga kirgan Luiz homiladorlikning 37-haftasida 2,24 kilogramm og‘irlikda o‘g‘il farzandini dunyoga keltirdi. “Men bu kunlarni 16 yil kutgandim va nihoyat farzandimni qo‘limda tutib turganimga ishongim kelmasdi”, ? deb yodga oldi Luiz.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют