» » Qo‘qonda o‘qishga kirtib qo‘yishni va’da qilgan fakultet dekani 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Qo‘qonda o‘qishga kirtib qo‘yishni va’da qilgan fakultet dekani 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Qo‘qon va Toshkentda OTMlarga qabul bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi B.X. va fakultet dekani V.X. daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishini mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Evaziga 3 000 dollar so‘ragan va bu pullarni olayotgan vaqtida departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Shuningdek, departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 8 000 dollari talab qilib, shundan, 3 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibrgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Beshariqda Qo‘qon davlat pedagogika institutiga 5000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют