» » Qashqadaryoda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryoda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan fuqaro ushlandi


Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha. 2020-yilning 8-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori B.Omonturdiyev soat 11:50 da Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida joylashgan Artel savdo do‘koni yonida xizmat olib borayotgan vaqtda ushbu ko‘chada harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasini to‘xtatgan. Haydovchi D.A.ning ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi me’yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng haydovchi viloyat IIB YHXB YPXB maxsus otryad komandirining o‘rinbosari J.Shamsiddinovning xizmat xonasiga borib, avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga bir million so‘m miqdorida pora taklif qilgan. J.Shamsiddinov mazkur holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.

Bildirgi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan 9-sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.A. YPX xodimi J.Shamsiddinovga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga bir million so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют