» » Belarusdagi muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumining ozodlikdagi so‘nggi a’zosi Svetlana Aleksiyevichni himoya qilish uchun yevropalik diplomatlar uning uyida navbatchilik qilmoqda

Belarusdagi muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumining ozodlikdagi so‘nggi a’zosi Svetlana Aleksiyevichni himoya qilish uchun yevropalik diplomatlar uning uyida navbatchilik qilmoqda


G‘arb mamlakatlari diplomatlari Belarus muxolifati tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi a’zosi, yozuvchi Svetlana Aleksiyevichning uyida ikki kundan buyon navbatchilik qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu ish yozuvchini ehtimoliy ta’qibdan himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Svetlana Aleksiyevich 9-sentabr kuni eshigi qo‘ng‘irog‘i jiringlayotgani va unga noma’lum raqamlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganidan shikoyat qilgan. “Muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumidagi hamfikr do‘stlarimdan hech kim qolmadi. Ularning bari yoki qamoqda, yoki xorijga chiqarib yuborilgan. Avval bizning mamlakatimizni o‘g‘irlashdi, eng yaxshilarimizni o‘g‘irlashmoqda. Biroq qatorimizdan olib tashlanganlar o‘rniga yuzlab boshqalari keladi. Muvofiqlashtirilmaydigan qo‘mita oyoqqa turdi. Mamlakat oyoqqa turdi”, — deya ma’lum qilgan Aleksiyevich.

Murojaat e’lon qilinganidan keyin yozuvchining uyiga birdaniga bir nechta Yevropa mamlakatlarining diplomatlari yetib kelgan. Ular qatoridan Litva, Polsha, Germaniya, Slovakiya, Chexiya, Shvetsiya o‘rin olgan.

“Bizga uning xonadoniga noma’lum odamlar, ehtimol xavfsizlik yoki politsiya vakillari qo‘ng‘iroq qilayotgani to‘g‘risida signallar keldi. Aleksiyevich muvofiqlashtiruvchi kengashning hibsga olinmagan yoki Belarusdan chiqib ketmagan so‘nggi a'zosi bo‘lgani uchun u hibsga olinishi mumkin, degan qarorga keldik”, — dedi Litvaning Belarusdagi elchisi Andrius Pulokas. Diplomatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ular yozuvchining kvartirasida navbatchilikda qolishmoqchi, shu jumladan, tunda ham navbatchilik qilishadi.

10-sentabr kuni Aleksiyevichni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan diplomatlar soni ortdi. Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Lindening ma’lum qilishicha, bu safar yozuvchining uyiga 15 mamlakat diplomatlari va Yevropa Ittifoqi vakili yig‘ildi. “Biz uning xavfsizligi va farovonligini himoya qilishni davom ettirmoqdamiz”, — deb yozdi Linde.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют