» » Superliga. “Mash’al” safardagi super gol evaziga “So‘g‘diyona”ni taslim etdi

Superliga. “Mash’al” safardagi super gol evaziga “So‘g‘diyona”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliganing 14-turida “So‘g‘diyona” 11-sentabr, juma kuni “Mash’al”ni qabul qildi.

Uchrashuvda teng kurash kechdi. 75-daqiqada muborakliklar yarim himoyachisi Sirojiddin Qo‘ziyev uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Mash’al” navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Dilyaver Vaniyev shogirdlarining ochkolari 19 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” (16) esa 9-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahsi

Gol: 0:1 – 75 Qo‘ziyev.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov (Bahodir Nasimov, 79), Sanjar Rashidov (Sahob Rashidov, 66), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, San’at Shixov (Shahboz Jo‘rabekov, 66), Daniel Nasriddinov (Jamshid Boltaboyev, 46), Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov, Marko Kolakovich.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Nikita Pavlenko (Mo‘minjon Meliyev, 76), Sherzod Temirov, Jamoliddin Ubaydulloyev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Ibe Mishel Okoro, 68), Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Humoyun Murtozayev (Sardorbek Eminov, 76).

Ogohlantirishlar: Nasriddinov (22), Ifeani (40).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют