» » Toshkentda 6 polosali yana 3 ta yangi ko‘prik quriladi

Toshkentda 6 polosali yana 3 ta yangi ko‘prik quriladi


2020—2021-yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Cho‘ponota ko‘chasidan tumanning KHAY, THAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 6 yo‘lakli 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li quriladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Cho‘ponota ko‘prigi qurilishi eng so‘nggi texnologiyalariga muvofiq barpo etilmoqda.

Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo‘lishi mo‘ljalangan. Ko‘prikning estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Tungi yoritish tizimi ko‘prikka aholining e’tiborini tortuvchi zamonaviy ko‘rinishni ta’minlaydi.

Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yo‘laklar nazarda tutilgan.

“Ko‘prik qatnov qismi qoplamasining so‘nggi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qo‘llagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini ta’minlaydi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi ta’kidlangan edi. Ulardan biri shahar markazi bilan Sergeli tumanini bog‘lovchi ko‘prik bo‘lishi haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifi davomida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Toshkent markazini Sergeli bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi tufayli Yakkasaroydagi ko‘chaning bir qismi 6 oyga yopiladi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich joriy yilning may oyida rasman ochilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют