» » Odil Ahmedov yangi klubiga qanday shartlar asosida o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Odil Ahmedov yangi klubiga qanday shartlar asosida o‘tgani ma’lum bo‘ldi


“Shanxay SIPG” yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyning boshqa bir klubiga ijaraga berildi.

32 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Tyanszin Teda” tarkibida 2020-yilning 31-dekabriga qadar to‘p suradi.

Qayd etish joiz, Ahmedovning Shanxay klubi bilan shartnomasi ham aynan shu yilning 31-dekabrida o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedovning ijarasi 62 ming yevroni tashkil qilgan.

Avvalroq Odilning “Shanxay SIPG”ni tark etishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, “Tyanszin Teda” Xitoy chempionatining B guruhida 9-turdan keyin bor-yo‘g‘i bir ochko to‘plagan holda so‘nggi, 8-o‘rinda bormoqda.

Ahmedov 2017-yildan buyon shanxayliklar safida to‘p surib kelardi. Odil 2020-yilgi mavsumda Xitoy Superligasida 8 o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qildi.

Ahmedov faoliyati mobaynida “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014) va “Krasnodar” (2014—2016) kabi jamoalarda harakat qilgan.

Mavzuga doir: Ravshan Haydarov va Odil Ahmedov Prezident tomonidan faxriy unvon bilan mukofotlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют