» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 307 kishida, Qirg‘izistonda esa 77 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 307 kishida, Qirg‘izistonda esa 77 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 307 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Shuningdek, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 7 kishi COVID-19 va pnevmoniya oqibatida vafot etgan. Hozirda mamlakatda 4550 nafar odam koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda, ularning 32 nafari — yosh bola. Statsionarlarda esa 2431 nafar bemor qolmoqda.

Qozog‘istonda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 106 729 kishiga yetgan, ularning 100 518 nafari sog‘aygan, 1661 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. 1-avgustdan boshlab pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha 29 235 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 320 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston karantin choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda

Qirg‘izistonda 11-sentabr holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 77 ta holat aniqlandi. Bu haqda Respublika tezkor shtabiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 aniqlanganlar soni 44 761 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida 144 bemor sog‘aygan (hozirgacha kasallikdan davolanganlar soni 40 631 kishiga yetdi).

Qirg‘izistonda hozirga qadar koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 1063 kishiga yetgan, o‘tgan bir sutka ichida birorta ham o‘lim holati qayd etilmagan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarga ko‘ra, statsionarlarda 514 bemor, ambulator sharoitda esa 2165 kishi davolanmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Qirg‘izistondan o‘tib ketdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 38 606 kishiga yetgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 31 154 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1420 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8977 kishiga yetdi, deb xabar beradi Central Asia.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘tgan sutka davomida yana 38 kishida koronavirus aniqlangan, 107 kishi sog‘aygan.

Mamlakatda hozirga qadar 72 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 7747 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir:Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan birinchi navbatda kimlar emlanishini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 12-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 498 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 43 023 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 3093 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют