» » DXX o‘tkazgan reydda abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora olgan bir qator shaxslar qo‘lga olindi

DXX o‘tkazgan reydda abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora olgan bir qator shaxslar qo‘lga olindi


DXX OTMlarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan qator jinoyatlarga chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining matematika fani o‘qituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi va ularning har biri uchun 12 ming dollardan, jami 48 ming dollar talab qiladi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 40 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand pedagogika kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1975-yil Ishtixon tumanida tug‘ilgan shaxs esa aldov yo‘li bilan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joylashgan “Miras” universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun undan 5500 dollar olgan vaqtida ushlangan

Jizzax shahridagi oilaviy poliklinikalardan birida bolalar shifokori bo‘lib ishlovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroni Jizzax davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirishiga yordam berishini aytib, evaziga 8 ming dollar olayotgan vaqtida DXX Jizzax viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida u ushbu pul mablag‘ini Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida shifokor bo‘lib ishlovchi, 1988-yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan jinoiy sherigiga berishi lozimligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilgan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi shifokori jinoiy sherigidan 8 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullaridan biri mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur oliy o‘quv yurtining “Jismoniy madaniyat” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3000 dollar olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida u ushbu pul mablag‘ini institut fakultetlaridan birining dekaniga berishi lozimligini aytgan va tezkor tadbir davom ettirilib, fakultet dekani ham 3 ming dollar olgan paytida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu ishlarga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют