» » Eng qimmat narxli “orzular liboslari” ning ko‘rinishi qanday? (foto)

Eng qimmat narxli “orzular liboslari” ning ko‘rinishi qanday? (foto)


Dizaynerning o‘ziga xos fantaziyasi, ijodkorligi va ilhomlanishidan paydo bo‘lgan, biser, tosh va munchoqlar tikilgan naqsh va bezaklardan iborat bo‘lgan libos e’tibordan chetda qolmasligi aniq. Dunyoning mashhur brendlari tomonidan taqdim qilingan, mazkur liboslarda yuqoridagi ta’riflarning bari mujassam.

Giorgio Armani

Dizayner Jorjio Armani tomonidan taqdim qilingan qora uzun libos narxi 31 368 dollarni tashkil qiladi. Qomatga yopishib turadigan mazkur libosning bezakli munchoqlari uni yana-da jozibaliroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.

Alexander McQueen

Qora rangli matoga gul yaproqlari va kapalaklar bezagi tushirilgan Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan libos narxi 18 142 dollarni tashkil qiladi. Undagi bezaklar munchoq va biserlardan yaratilgan.

Elie Saab

Oqshom liboslarining o‘ziga xosligi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elie Saab tomonidan taqdim qilingan, ipakdan tikilgan libosga to‘rtta katta yurak shakli tushirilgan. Och yalpiz rangli, yelka qismi odatdagidan kattaroq va o‘ziga xos bantli libos narxi 17 426 dollarni tashkil qiladi.

Valentino

Valentino brendi tomonidan taqdim qilingan qo‘sh qavatli libos Jeyn Ostinning hikoyalaridagi qahramon liboslaridan ilhomlanib yaratilgandek go‘yo. 17 031 dollarga baholangan model italyan tyulidan tikilgan.

Ralph&Russo

Mazkur brendning narxi 15 542 dollarni tashkil qiladigan shohona libosi “Kan festivali” va boshqa taqdirlash marosimlari uchun ayni muddao. Yelka qismi ochiq va kristallar bilan bezalgan ko‘ylakning yubka qismi qora tyul va krep matosidan tikilgan.

Zuhair Murad

14075 dollarga baholangan, nafis gul va o‘simliklar aks etgan libos egasini yanada latofatli ko‘rsatadi. Yelka qismi shaffof matodan tikilgan libosni kiygan ayolning teri rangi va mato rangi mujassamlashib o‘ziga xos qiyofa kasb etadi.

Dolce & Gabbana

Mashhur italyan brendining narxi 12 682 dollarlik libosi qat-qat bulutlarni esga soladi. Nafis bichimli libos ipak matosidan tikilgan.

Vivienne Westwood

Och qaymoq rangli libos bichimi boshqalardan farq qiladi. Vivienne Westwood tomonidan taqdim qilingan yelka qismi ochiq, etaklari o‘ziga xos bo‘lgan model narxi 11991 dollarni tashkil qiladi.

Sandra Mansour

Dizayner kolleksiyasidan ertaklardagi malikalarga xos liboslar o‘rin olgan. 10 432 dollarlik tyuldan tikilgan ko‘ylakni naqsh, kristall va biserlar bezagan.

Ashi Studio

Ipak va tafta matosidan tikilgan libosni faqatgina individual buyurtma asosida sotib olish mumkin. 9507 dollarlik libos bichimi boshqalardan murakkabligi bilan ajralib turadi. Ko‘ylakning yeng qismi keng, etaklari esa ochilgan liliya gulini esga soladi.

Oscar De La Renta

Klassik oqshom liboslari bilan moda olamida o‘z o‘rniga ega Oscar De La Renta brendi tomonidan taqdim qilingan libos narxi 7372 dollarni tashkil qiladi. Yelka qismi ochiq, etaklari esa uzun bo‘lgan libos naqshlar bilan bezalgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют