» » Adliya vaziri: Harom-halol tushunchasi korrupsiyaga kelganda ishlamay qoladi

Adliya vaziri: Harom-halol tushunchasi korrupsiyaga kelganda ishlamay qoladi


Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida 2020-yil 11-sentabr kuni vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yaratilishi va bu borada erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, Davletov korrupsiyaga qarshi kurashda harom-halol diniy tushunchasining samaradorligi qay darajada ekanligi to‘g‘risidagi savolga o‘z munosabatini bildirdi.

“Harom va halol tushunchasi, albatta, din munosabatlari bilan bog‘liq. Biz bundan faoliyatimizda foydalanishimiz mumkin. Chunki O‘zbekiston aholisining 90 foizi musulmon, ota-onasidan harom-halolni o‘rganadi, ular hayoti davomida tarbiya ko‘radi. Ammo bu faqat korrupsiyaga kelganda ishlamay qoladi. Agar ishlaganida, bunday bo‘lmasdi, sababi hammamiz musulmonmiz.

Davlat boshqaruvi, korrupsiya bu boshqa narsa. Harom-halolni ko‘pincha oddiy narsalarda bajarish juda zo‘r. Oziq-ovqatga kelganida, bu harom ovqat, chunki halol ovqatni alternativi juda ko‘p. Harom ovqatni chetga surib, halolini iste’mol qilish mumkin. Lekin korrupsiyada alternativ yo‘qligi uchun, bu ko‘p holatlarda ishlamayapti. Musulmon mamlakatlarga e’tibor qiling, ularda korrupsiya bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud.

Birlashgan Arab Amirligi korrupsiyaga qarshi kurashda dunyo bo‘yicha 23-o‘rinda turibdi. Tahlil qilsangiz, Dubayda korrupsiyaga qarshi juda kuchli tizim yaratilgan. Oxirgi 20-25 yil ichida katta o‘zgarishlar qilindi. Bu davlat dunyoga mashhur xorijiy konsalting agentliklari va auditorlarni jalb qilish orqali ularga millionlab dollar berib, davlat organlari faoliyatini baholatadi. Ular bu tizimga millionlab mablag‘ni bekordan-bekorga sarflayotgani yo‘q.

Agar korrupsiya faqat harom-halol bilan hal bo‘lganida edi, biz qachonlardir bu muammodan qutulgan bo‘lardik. Ammo shunga qaramay, harom-halol tushunchasi juda yaxshi, biz uni bolalikdan singdirib, rivojlantirishimiz kerak. Barcha dinlarda birovdan pora olib, ishni bitirish gunoh, deb qaraladi. Bizning Islom dinimizda ham bu juda katta gunoh. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash kabi ijtimoiy maqsadlarda mana shunday diniy tushunchalarni ishlatishimiz kerak. Bu katta yordam beradi”, — dedi Adliya vaziri.

Davletov o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurash uni 30 foizga ham qoniqtirmasligini ta’kidladi.

“Tizim ichidagi muammolardan o‘zimiz yaxshi xabardormiz. Bilganlarimdan biri shuki, gap ta’sir qilmaydi. Masalan, siz yig‘ilish o‘tkazasiz, juda qattiq gapirasiz, kuyunasiz, hatto o‘lib ketasan, qamatamiz, deganiz bilan ham ta’sir qilmaydi. Buni qisqa muddatda ta’siri bo‘lishi mumkin. U 10 kundan keyin hayotdagi real muammolarga duch kelganida so‘zlaringizni unutadi. Shuning uchun har tomonlama o‘ylashimiz kerak: u nimaga ko‘proq moyil, unga oylik ko‘p to‘layapmizmi yoki yo‘qmi?

Li Kvang Yuning bitta gapi bor: “Insofsiz xodimlarga ko‘proq oylik to‘lashimizning foydasi yo‘q”. Nopok xodim katta maoshini olib ham shu ishini davom ettiraveradi. Shu sababli biz tizimni tozalashimiz va haqiqatan shunga loyiq bo‘lgan xodimlarga oshirilgan ish haqini to‘lashimiz kerak. Qisqasi, bu borada qiladigan ishlarimiz hali juda ko‘p”, — dedi Ruslanbek Davletov.

Mavzuda doir: Adliya vaziri: “Korrupsiya sabab davlat kimnidir o‘ldirishini bugungi XXI asrda qabul qilolmayman”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют