» » BAA yangi karantin joriy etmaydigan bo‘ldi

BAA yangi karantin joriy etmaydigan bo‘ldi


Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda vaziyatlar, inqiroz va tabiiy ofatlar bo‘yicha milliy boshqarmasi COVID-19 bilan kasallanish holatlari oshib borayotgan bir paytda qat’iy karantin yoki yangi komendantlik soati joriy etishni rejalashtirmayapti.

BAAning Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi rasmiy vakili, doktor Farida al-Xosaniyning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, so‘nggi sutkada COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 910 ta yangi holat aniqlangan bo‘lib, bu so‘nggi oylardagi antirekorddir. Kasallanish holatlarining umumiy soni esa 76 911 nafarga yetdi, bemorlarning 67 945 nafari to‘liq sog‘aydi, 398 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etdi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 mln nafardan oshdi

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, COVID-19 holatlari aniqlangan taqdirda BAAdagi maktablar 14 kunga yopiladi. Shuningdek, u koronavirus tashuvchilari bilan muloqotda bo‘lgan barchani, hatto test salbiy natija ko‘rsatsa ham, 14 kun davomida o‘zini yakkalashga chaqirdi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, yuqtirish holatlarining 88 foizi ommaviy yig‘ilishlar, majlislar, shu jumladan, to‘ylarda sodir bo‘lgan. Yuqtirish holatlarining atigi 12 foizi chet eldan qaytib kelgan sayohatchilarda qayd etilgan. Shu sababli sog‘liqni saqlash idoralari barcha mahalliy aholini niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni tez-tez yuvish va o‘zini yomon his qilsa uydan chiqmaslik kabi koronavirusning oldini olish qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JSST hukumatlarni karantin cheklovlarini boshqa joriy qilmaslikka chaqirgandi. Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют