» » Buxoroda fuqaroning uyidan 87 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxsning sherigi jabrlanuvchining jiyani bo‘lib chiqdi

Buxoroda fuqaroning uyidan 87 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxsning sherigi jabrlanuvchining jiyani bo‘lib chiqdi


IIV huzuridagi tergov departamenti Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 40 yoshli A.X. ismli shaxsning xonadoniga o‘g‘ri tushgani va 87 million 150 ming so‘m pulni o‘g‘irlaganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 20-avgust kuni soat 03:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs A.X.ning G‘ijduvon tumani “F.Yunusov” MFY Paxtakor ko‘chasidagi uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. O‘g‘ri yotoqxonadagi sandiq ichidan 87 million 150 ming so‘m naqd pullarini olib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruvda, mazkur jinoyatni muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan 24 yoshli A.A. amalga oshirgani aniqlangan.

Tergov jarayonida jabrlanuvchi A.X. ning jiyani, voyaga yetmagan 17 yoshli M.A. qarindoshining uyda ko‘p miqdorda pul borligi to‘g‘risida A.A.ga xabar bergani oydinlashdi. A.A. mazkur xabarga ko‘ra jinoyatni sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchidan ashyoviy dalil tariqasida 44 ming 913 ming so‘m pullar o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha A.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. M.A.ning harakatlariga qonuniy baho berish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi MChJ binosiga kirib, seyfdan 122 530 000 so‘m va 8 660 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘g‘irlagan shaxs qamoqqa olingani, Toshkentdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining binosiga bostirib kirib, taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют